На нашем сайте вы можете читать онлайн «Қутлуғ қон». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Серьезное чтение, Классическая литература, Классическая проза. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Қутлуғ қон

Дата выхода
11 сентября 2023
Краткое содержание книги Қутлуғ қон, аннотация автора и описание
Прежде чем читать книгу целиком, ознакомьтесь с предисловием, аннотацией, описанием или кратким содержанием к произведению Қутлуғ қон. Предисловие указано в том виде, в котором его написал автор (Ойбек Мусо Тошмуҳаммад ўғли) в своем труде. Если нужная информация отсутствует, оставьте комментарий, и мы постараемся найти её для вас. Обратите внимание: Читатели могут делиться своими отзывами и обсуждениями, что поможет вам глубже понять книгу. Не забудьте и вы оставить свое впечатие о книге в комментариях внизу страницы.
Описание книги
Oybek – yetuk prozaik edi. Uning qator romanlari, ko'plab qissalari o'zbek nasri rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan. Yozuvchining nasriy asarlari millat vakillari ruhiyatini aks etti-rish jihatidan o'ziga xos o'rin tutadi. Oybekning prozaik asarlari orasida «Qutlug' qon» romani alohida badiiy qimmati bilan ajralib turadi. Adib bu asarni yozishga qatag'on avj olgan mash'um 1937-yillarda kirishgan edi. Zarifaxonim shunday xotirlaydi: "Biz har kuni ertalab hali u, hali bu tanishimizning qamalganini eshitamiz. Kunlar nihoyatda betinch. Hamma ziyolilar «xalq dushmani» deb e'lon qilinib qamalmoqda. Na kunduz halovat bor, na tunda – uy-quda. Har daqiqa tashvish, har daqiqa yurak titroqda. Biz bolalar-ni qo'rg'onda qaynota-qaynonamga qoldirib, ikki temir karavot-ni bog'ning chetiga ko'chirdik. (Go'yo bizni bog'dan topisholmay-diganday).
Қутлуғ қон читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Қутлуғ қон без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
Hovuzdan yigirma qadamlar narida to�rt tomoni ochiq, ustunlari chiroyli naqshlangan, yerdan odam bo�yi baland ko�tarilib solingan kattagina shiypon; buning atrofi gulzor. Quyoshda mayin tovlanib, xilma-xil ranglar bilan mavjlangan mayda gullar orasida ko�rkam yuksalgan qizil duxoba gullar olov parchasi kabi yonadi.
Yo�lchi ko�zlari bilan atrofni sayr etarkai, ro�baro�dagi qo�rg�on – ichkari hovli eshigidan yosh-yosh o�g�il va qiz bolalar chuvillashib chiqishdi. Bularning kiyimlari toza va yangi edi.
Mosh rang duxoba do�ppili, to�qqiz-o�n yashar, chiroylikkina bola – bolalarning eng kattasi edi. U ichiga katta oq kalamush qamalgan qopqonni yerga qo�ydi, eshikchasini ochdi. Semiz kalamush yerga tushib, lapanglab darvoza tomonga qochdi. Bolalar qiyqirib, uni quvlasha ketdi: «Ustiga lampa moy sepib yondiramiz!» Nabiralarining haddan oshgan suyunchli hangamasi cholning ko�zlarini ochdi… U qo�li bilan go�daklarga do�q qildi: «Gugurt o�ynamanglar, hoy!» deb qichqirib ham qo�ydi.
– Obbo jiyan-e, biznikini topib keldingmi-ya? Ha, so�rab-so�rab Makkani topadilar… Hay, Oynisa, buvingni chaqir! —Bolalarga aralashmay bir chekada turgan rangpar, bezgaknamo qizga buyurdi boy.
Qo�rg�on eshigidan ayol ovozi eshitildi:
– Nima kerak?
– Munda kel – chol qo�li bilan imladi.
– Kishi bor-ku.
– Qarindosh… Xushro�yning o�g�li, – deb tushuntirdi
– Qaysi Xushro�y? Esim ham qursin, ha, qishloqdanmi? – o�rta bo�yli, to�la, lekin keng yuzining go�shtlari sarg�ayib, salqib tushgan ellik sakkiz yoshlarda bo�lgan kasalnamo xotin asta-asta yurib kelaverdi. U supaga yaqinlashgach, Yo�lchi o�rnidan turib salom berdi va onasining salomini topshirdi. Ammo kekkaygan xotin uning so�zini tinglamadi, eriga qarab so�zladi:
– Qishloqdagi jiyaningizning o�g�limi? Tog�dek yigit bo�libdi.
Mirzakarimboy xotiniga dasturxon olib chiqishni buyurgach, u ketish oldidagina, ko�rinishda samimiy, lekin aslida soxta va masxarali tovush bilan Yo�lchining onasini va ukalarini so�radi.
Boy endi issiqdan shikoyatlanib, uh-uhlab o�tirdi. Uning kampiri patnis va bir choynak choy olib chiqdi.





