На нашем сайте вы можете читать онлайн «Беш болали йигитча». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Легкое чтение, Приключения, Книги о приключениях. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Беш болали йигитча

Автор
Дата выхода
03 ноября 2023
Беш болали йигитча читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Беш болали йигитча без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
– Endi, hurmatli askarlar, – murojaat qildi maktab qo�shinlarining qo�mondoni, – eng so�nggi tepalik – kartoshka qaynab turgan dosh qozonni qurshab olish uchun olg�a! Bir-ikki-uch…
– Birlikdadir kuch!
– Qozon tomon uch!
– Kartoshkalar puch!
– Kim u gapirayotgan? – tartibga chaqiradi maktab qo�shinlarining qo�mondoni.
– O�zingiz gapirdingiz, – javob qaytaradi Mahmudxon.
OTAMIZDAN XAT KELDI
Rostini aytsam, otam ketgandan buyon xuddi yetim bolalardek mung�ayib qolganmiz.
Opam bo�lsa hamon daladan beri kelmaydi. Sulton aytganidek u traktorni o�ziga o�g�il qilib olgan, o�shani silab-siypaydi, onda-sonda kelsa ham, esnab-esnab o�tirish yoki jindek mizg�ib olish uchun keladi. O�zim bo�lsam goh dalaga, goh maktabga, goh uy ishlariga yuguraverib naq abjag�im chiqib ketgan. Ko�pincha o�tirib olib yig�lab-yig�lab olaman yoki kuchim yetadigan ukalarimdan bitta-yarimtasini savalab, sal hovrimdan tushganday bo�laman, urishga uraman-u, lekin ularga qo�shilib o�zim ham yig�lashga tushaman…
Bir kuni kechqurun hovlida Zulayho bilan g�ijillashib turgan edik eshikning ikkov tavaqasi sharaqlab ochilib ketdi-yu, hovliqqancha Sulton kirib keldi.
– Aka, akajon! – dedi entikib.
– Nima deysan?
– Suyunchi, suyunchi ber.
– Nima gap axir?
– Yo�q, avval suyunchi cho�zasan!
Suyunchi bersam bera qolay, xushxabarni tezroq eshita qolay deb ukamga omborxonaga kirib, bir hovuch o�rik olib chiqib berdim.
– Otamdan xat keldi! – qichqirib yubordi Sulton.
– Xat?! – Zulayho ham qichqirib yuborgandek bo�ldi.
Ichkari uyda o�ti uchib qolgan tanchada oyoqlarini qo�lga tiqib boshqa ukalarim ham o�tirishgan edi. «Otam, otam kepti!» deya qiyqirishib yalang oyoq yugurib chiqishdi. Men ham xuddi otamning o�zi kirib kelgandek o�zimda yo�q sevinib ketdim.






