На нашем сайте вы можете читать онлайн «Беш болали йигитча». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Легкое чтение, Приключения, Книги о приключениях. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Беш болали йигитча

Автор
Дата выхода
03 ноября 2023
Беш болали йигитча читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Беш болали йигитча без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
– Voy tillaringga shakar-ey – dedi opam entikib, lekin negadir xatni darrov o�qimadi, Robiyabibini qo�liga olib, xabarchi qizimdan o�rgilay, deb yuz-ko�zlaridan o�pdi, Omonni tizzasiga o�tqazib boshlaridan siladi, Zulayho, Usmon – hammamizni bir-bir erkalab chiqdi. Suvi qochib qolgan piyozli patiri bor ekan, o�sha bilan bizni mehmon ham qildi.
– Qani, Orifjon, xatni o�qichi, – dedi nihoyat. Mukarram opam tarasha yoqib atrofni yoritib turdi, men xatni deyarli yoddan o�qib berdim.
– Xayriyat, eson-omon ekan, – dedi opam xo�rsinib. Keyin negadir yig�lab yubordi…
Traktorni yurgizishning iloji yo�q ekan, hammamiz uyga qaytadigan bo�ldik. Opam Robiyani, Mukarram opam qora po�stinga o�ralib uxlab yotgan qizchasini, shu holicha, po�stinga o�ralganicha ko�tarib oldi. Yo�lyo�lakay qiziq-qiziq gaplardan gaplashib, qiqirlashib kulishib keldik. O�ringa yotayotganimizda Omon:
– Opa, endi traktoringiz hecham yurmasin, xo�p mi? – dedi esnab.
– Nega unday deysan, shirin o�g�lim?
– Endi har kuni men bilan yotasiz, traktor bilan yotmaysiz.
– Obbo shirinim-ey, beriroq yot, orqangni qashib qo�yay, – kulib dedi opam.
Kechasi hammamizning tushimizga otam kiribdi. Omon otamni ot qilib minib yurgan emish, otam rasmana otga o�xshab, kishnab to�rt oyoqlab choparmish, Omon qiqirlab kularmish. Usmonni qovun sayliga olib borgan emish, otam, Usmonjon, qovunni ko�p yemagin, kechasi ko�rpangni ho�l qilib qo�yasan dermish.
– Men o�ngimda ko�rdim, o�lay agar, kechasi hovliga chiqsam otam o�tin yorayotgan ekan, o�z ko�zim bilan ko�rdim, xudo ursin agar! – deb qasam ichib turib oldi.
Men bo�lsam, otam armiyaga ketayotganda eshagimiz qochib ketgan edi-ku, o�shani ko�rgan emishman.
– Ota, otajon! – deb baqirib yubordim.
Ehtimol otam opamning ham tushiga kirgandir-u, lekin buni biz bilolmay qoldik.






