На нашем сайте вы можете читать онлайн «Беш болали йигитча». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Легкое чтение, Приключения, Книги о приключениях. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Беш болали йигитча

Автор
Дата выхода
03 ноября 2023
Беш болали йигитча читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Беш болали йигитча без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
Nonushtaga sut pishirib ichdikda, tezdan bozorga jo�nab ketdik. Sulton Omon ukamni, men Robiyani ko�tarib olganmiz, Zulayhoning qo�lida yog�cheva, Usmonda tugun, yugurishimizni ko�rsangiz, tezroq bozorga yetsag-u, tezroq yangi-yangi kiyim-boshlarni oldirib bir birimizga ko�z-ko�z qilsak deymiz.
Bozor joyga odam sig�maydi, nima balo, hammasi ham bugun ko�ylak-ishton olgani kelganmi? Bir-biriga yo�l bermaydi-ya! Bir tomonda bo�z, qalami bozori, bir tomonda meva-cheva bozori, don bozori, un bozori… Mis choynag-u piyola sotgan kim, eski etik charm tasma sotgan kim, bir xillari uncha-muncha tutilgan kigiz-u u yoq-bu yog�i yirtilgan gilamini yozib xaridor kutayapti, bir xillar chala qoplangan ko�rpasini ko�z-ko�zlab xaridorning etagidan tortyapti.
– Kep qoling, qand-u novvot bu! – deydi nisholdafurush oppoq ko�pikni shopirib.
– Yarmi asal, yarmi qand, – deydi pishirilgan qizilcha sotayotgan men tengi bir bola.
– Hoy, sizda insof bormi?
– Hozir odamlarda insof qoptimi?
– Voydod, cho�ntagimni kesib ketishyapti!
– Qoch, yog� bo�lasan!
– O�g�limga atab tikkandim, jon inim, shuni siz oling!
– Sizda oq rang bormi?
– Tovba, oq rang ham bo�ladimi dunyoda?
– Qo�shnim aytuvdi.
– Sizni laqillatibdi.
– Essizgina echkim-a, yuz so�m arzon ketdi-ya!
– Olmacha anoringga balli!.
– Katta buvingga olib bor!
– Kalamush fol ochayotgan emish, qo�shni.
– Voy yuring, Olimjonni ko�rsataylik ovsin.
– Bir qop sabziga bir kilo guruch olsam-a.
– Guruch qayerda bor ekan?
– Paranjingni yig�ishtirsang-chi!
– Tort eshagingni! – degan baland ovozlar ham hech to�xtamaydi. Bozor guvillaydi, bamisoli uzumzorga yaloq qush qo�ngandek hamma yoq chag�-chug�. Tiqilinchda yo�qolishib qolmaylik deb xuddi «qoch bolam, soy keldi» o�yinini o�ynayotgandek bir-birimizning etagimizdan ushlashib olganmiz.
– Hammasi o�zingiznikimi? – deb so�raydi.
– Xudoga shukur, o�zimniki! – deb qo�yadi opam. Yana bir xillari:
– Oxir zamonning bolalari, uyda o�tirsanglar bo�lmaydimi! – deb turtib o�tib ketadi.






