На нашем сайте вы можете читать онлайн «Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Детские книги, Книги для детей. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари

Автор
Жанр
Дата выхода
03 ноября 2023
Краткое содержание книги Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари, аннотация автора и описание
Прежде чем читать книгу целиком, ознакомьтесь с предисловием, аннотацией, описанием или кратким содержанием к произведению Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари. Предисловие указано в том виде, в котором его написал автор (Чарльз Диккенс) в своем труде. Если нужная информация отсутствует, оставьте комментарий, и мы постараемся найти её для вас. Обратите внимание: Читатели могут делиться своими отзывами и обсуждениями, что поможет вам глубже понять книгу. Не забудьте и вы оставить свое впечатие о книге в комментариях внизу страницы.
Описание книги
Angliyaning ovloq shaharlaridan biridagi «Mehnat uyi» – «G'aribxona». Taqdir taqozosi bilan bu yerga kelib qolgan yosh va ko'hlikkina juvonning shu mudhish dargohda ko'zi yoridi. Bola dunyoga keldi-yu, ona esa olamdan o'tdi. Sho'rpeshona go'dak muhtojlik va qiynoqlar ostida o'n yoshga to'ldi. Uni tobutsozga shogirdlikka berdilar. Bola bu yerdagi azob-uqubatlar, haqoratlarga dosh berolmay, boshi oqqan tomonga qarab qochdi. Mana katta London yo'li. Tuguncha ko'targan, ust-boshi yupun, boshida homiysi, bisotida sariq chaqasi yo'q so'qqabosh, qiltiriq bolakay ketib boryapti… Aziz kitobxon, keling, kitobni birgalikda o'qib ko'raylik-chi, bolakay qaylarga oshiqyapti-yu, uni oldinda ne savdolar kutyaptiykin?
Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
Undan qutulishning jamiki usuli-yu choralari ichida xuddi ana shunisi eng a’losi bo�lib tuyulardi: ehtimolki, biror kuni fe’li aynib turgan yoxud xushkayf darg�a tushlikdan so�ng uni o�lasi qilib savalar yoki temir misrang bilan boshini urib yorar; unisi ham, bunisi ham shu toifadagi jentlmenlarning yoqtiradigan va kundalik ermaklari ekanligi ko�pchilikka ayon edi. Kengash a’zolari bu holni yuqorida zikr etilgan nuqtayi nazardan qanchalik chuqurroq va kengroq mushohada etganlari sayin qarshilarida o�ylagan rejalarining rang-barang afzallik jihatlari shunchalik ko�proq namoyon bo�la bordi; xullasi kalom, Oliverga lutf-u karam ko�rsatishning birdan-bir usuli – uni darhol dengiz safariga jo�natish, degan to�xtamga keldilar.
Shunday qilib, ular tanish-bilishi yo�q, kayut-yunga kerak biror darg�ani izlab topish niyatida mister Bamblni so�rab-surishtirgani jo�natdilar. Mister Bambl zimmasiga yuklangan bu topshiriqning natijalari borasida axborot bermoq uchun mehnat uyiga qaytayotib, ittifoqo darvoza oldida mister Sauyerberi – qavm tobutsozini uchratib qoldi.
Eski qora kamzul, xuddi o�shanday qora, yamoq ip paypoq bilan qora boshmoq kiygan mister Sauyerberi baland bo�yli, qotma, suyagi buzuq odam bo�lib, tabiatan turqi-tarovati tabassum uchun yaratilmagan edi-yu, lekin umuman olganda, kasbi koriga xos quvnoqlik ham begona emasdi unga. U yengil odim tashlab, mister Bamblga yaqinlasharkan, chehrasida chinakam mamnuniyat aks etdi va bidl bilan samimiy qo�l olishdi.
– Mister Bambl, bugun tunda ko�z yumgan ikki ayolni o�lchab kelyapman, – dedi tobutsoz.
– Xullasi, boylik to�plab yotibsiz-da, mister Sauyerberi, – javob qildi bidl bosh hamda shahodat barmog�ini tobutsoz tutgan tamakidonga suqarkan; bu mahorat bilan yasalgan kichkinagina tobut nusxasi edi. – Sizni ishontirib aytamanki, siz boylik orttirib yotibsiz, mister Sauyerberi, xuddi shundoq! – takrorladi mister Bambl hassasi bilan tobutsozning yelkasiga do�stona qoqib qo�yarkan.
– Shunday deb o�ylaysizmi? – deya javob qildi tobutsoz, go�yo u shunday ekanini ham tan olayotgan va ayni chog�da ham rad etayotganday bir ohangda. – Qavm kengashi narxni judayam past belgilaganda, mister Bambl.
– Qo�ying-e, tobutlaringiz ham katta emas-ku unaqangi… – javob berdi bidl o�zi kabi e’tiborli lavozimdagi shaxsgagina munosib tarzda jilmayib.











