На нашем сайте вы можете читать онлайн «Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Детские книги, Книги для детей. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари

Автор
Жанр
Дата выхода
03 ноября 2023
Краткое содержание книги Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари, аннотация автора и описание
Прежде чем читать книгу целиком, ознакомьтесь с предисловием, аннотацией, описанием или кратким содержанием к произведению Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари. Предисловие указано в том виде, в котором его написал автор (Чарльз Диккенс) в своем труде. Если нужная информация отсутствует, оставьте комментарий, и мы постараемся найти её для вас. Обратите внимание: Читатели могут делиться своими отзывами и обсуждениями, что поможет вам глубже понять книгу. Не забудьте и вы оставить свое впечатие о книге в комментариях внизу страницы.
Описание книги
Angliyaning ovloq shaharlaridan biridagi «Mehnat uyi» – «G'aribxona». Taqdir taqozosi bilan bu yerga kelib qolgan yosh va ko'hlikkina juvonning shu mudhish dargohda ko'zi yoridi. Bola dunyoga keldi-yu, ona esa olamdan o'tdi. Sho'rpeshona go'dak muhtojlik va qiynoqlar ostida o'n yoshga to'ldi. Uni tobutsozga shogirdlikka berdilar. Bola bu yerdagi azob-uqubatlar, haqoratlarga dosh berolmay, boshi oqqan tomonga qarab qochdi. Mana katta London yo'li. Tuguncha ko'targan, ust-boshi yupun, boshida homiysi, bisotida sariq chaqasi yo'q so'qqabosh, qiltiriq bolakay ketib boryapti… Aziz kitobxon, keling, kitobni birgalikda o'qib ko'raylik-chi, bolakay qaylarga oshiqyapti-yu, uni oldinda ne savdolar kutyaptiykin?
Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
Shunday deya xitob qilgach, u yana pillapoyada u yoqdan-bu yoqqa dumalaganicha, battarroq xaxolayverdi.
– Fedjin nima deydi endi? – deb so�radi Tullak sherigi kulaverib nafasi tiqilib qolgan paytdan foydalanib.
– Nima? – qaytarib so�radi Charli Beyts.
– Xuddi shu – nima bo�ldi deyishini aytyapman-da, – takrorladi Tullak.
– Xo�sh, u nima deyishi mumkin? – so�radi Charli xursandchiligi birdan ichiga tushib ketib, nega deganingizda, Tullakning avzoyi jiddiy edi. – Nima deyishi mumkin?
Mister Daukins bir-ikki daqiqa hushtak chalib turdi, so�ngra shlyapasini yechib, boshini qashib, uch karra bosh irg�ab qo�ydi.
– Nima demoqchisan o�zi? – so�radi Charli.
– Tarallabedod! Bema’ni gap bo�ldi-ku, jin urgur! – dedi Tullak. Shu asnoda uning aqlli basharasida istehzoli kulgi paydo bo�ldi.
Bu – odamni qanoatlantirmaydigan sharhlov bo�ldi. Yosh Beyts aynan shunday deb topdi va takroran so�radi:
– Nima demoqchisan o�zi?
Tullak javob bermadi; shlyapasini kiyib, uzun kamzuli barini balandroq ko�tardi-da, odaticha tili bilan lunjini olti martacha g�urra qilib shishirib keyin ma’nodor qilib qanshariga sharaq etkizib tushirdi-yu, tovonida chir aylanganicha hovliga urib ketdi.
Ana shu suhbatdan bir necha daqiqa o�tgach, g�ijildoq zinapoyadan kelayotgan odim sharpalari o�choq oldida chap qo�lida arzon kolbasa bilan non, o�ng qo�lida esa buklama pichoqni ushlab o�tirgan keksa quvnoq jentlmenning diqqatini tortdi; uchoyoqda qalayi kostryulka turardi.
– Qanaqasi bo�ldi bu? – ming�irladi juhud avzoyi o�zgarib. – Ikkitasi qaytibdimi? Uchinchisi qayoqda qoldiykin? Ishlari pachava bo�lishi mumkinmasdi-ku.
Odim sharpalari tobora yaqinlashib kelardi; mana, deyarli zinapoyaning tepadagi maydonchasidan eshitilyapti.
O�N UCHINCHI BOB
ZIYRAK KITOBXONNI YANGI SHAXSLAR BILAN TANISHTIRADI; SHU MUNOSABAT BILAN MAZKUR HIKOYATGA TAALLUQLI TURLI QIZIQARLI NARSALAR HAQIDA HIKOYA QILADI
– Oliver qani? – dag�dag�ali qiyofada so�radi juhud o�rnidan sapchib turarkan.











