На нашем сайте вы можете читать онлайн «Қайлардасан, болалигим». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Легкое чтение, Приключения, Книги о приключениях. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Қайлардасан, болалигим

Автор
Дата выхода
03 ноября 2023
Краткое содержание книги Қайлардасан, болалигим, аннотация автора и описание
Прежде чем читать книгу целиком, ознакомьтесь с предисловием, аннотацией, описанием или кратким содержанием к произведению Қайлардасан, болалигим. Предисловие указано в том виде, в котором его написал автор (Худойберди Тухтабоев) в своем труде. Если нужная информация отсутствует, оставьте комментарий, и мы постараемся найти её для вас. Обратите внимание: Читатели могут делиться своими отзывами и обсуждениями, что поможет вам глубже понять книгу. Не забудьте и вы оставить свое впечатие о книге в комментариях внизу страницы.
Хudoyberdi To'хtaboyevning o'quvchilarimizga navbatda havola etilayotgan kitobini biz umumiy nom bilan «Qaylardasan, bolaligim» deya nomladik. Yangi tuhfaga yozuvchining siz sevgan, shu vaqtga qadar qo'ldan qo'ymay o'qib kelayotgan qissa va hikoyalari, shu jumladan, ertaklar jamlangan. Taqdim etilayotgan har bir asar Хudoyberdi To'хtaboyevning bolalik yillari, bolalik orzulari, bolalik sevinchlari, bolalik sog'inchlari haqida so'zlaydi. Bir paytlar siz kabi bola qalbi bilan dunyoga sig'magan, orzularini qahramonlari timsolida gavdalantirgan va o'z o'quvchisini hayratlar ummoniga g'arq qilgan adibni bu gal bolaligini, tug'ilgan qishlog'ini sog'ingan, yuraklari gup-gup urib, o'sha manzil tomon talpintirgan tengdoshingiz siymosida ko'rasiz.Kitobdan o'rin olgan har bir asar qalbingizda shunday iliqlik va yorug'lik paydo qiladi!
Қайлардасан, болалигим читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Қайлардасан, болалигим без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
Shuning uchun ham ulkan mashina va uning ustidagi mashinadan ham ulkan quvurlarga begona bolalarni yaqin yo�latmaslik choralarini ko�ra boshlashdi. Aka-ukada qurol-yarog�lar juda mo�l edi: plastmassadan yasalgan ikki xanjar, og�iga olmaning danagini solib otsa, har qanday yovni qirib tashlay oladigan ikkita miltiq va yana o�sha plastmassadan yasalgan bo�lsa ham, chinakam tanklardan hech qolishmaydigan «T-34» markali ikkita tanklari bor edi. Dadalarining uvadasi chiqib ketgan eski to�nini mashinaning soyasi tushib turgan tomonga to�shab qurol-yarog�larni shay qilib, poyloqchilik qilishga kirishishdi.
– Mahmud olako�z kelib mashinaga tegsa, o�ldiraman, – deb qo�ydi Davronboy.
– Men-chi, aka, miltig�im bilan otib tashlayman, xo�pmi? – dedi Omonboy ham dadillanib. – Aka, shu mashina meniki-a?
– Yo�q, ikkovimizniki.
– Hecham-da, yuk mashinalar meniki edi-ku?
– Endi ikkovimizniki bo�ldi.
– Bekor aytibsan! – Achchig�i chiqib ketdi Omonboyning.
– Boshingga bir tushiraymi, – dik etib o�rnidan turdi Davronboy.
– Betingni timdalab olaman! – barmoqlarini burgut panjasidek yozib, akasining ustiga bostirib kela boshladi Omonboy.
UCHINCHI BOB
BU BOBNING MAZMUNINI O�QIGANDAN KEYIN BILIB OLASIZ
Oyilari ishdan qaytganda Davronboy bilan Omonboylar ko�chada poyloqchilikda turishgandi.
– Voy, o�lmasam! – dedi oyilari boshidagi salkam bir qop o�tni yerga qo�ya turib, – bog�chaga bormadinglarmi?
– Endi hecham bog�chaga bormaymiz, – shoshilib dedi Davronboy, – biz endi poyloqchilik qilamiz.
– Oyi, men akam bilan urishmadim, – deb axborot berib yubordi Omonboy.
Bir tomonda daladan horib-charchab qaytgan oyilari, bir tomonda poyloqchilik qilamiz, deb oftobning damida terga pishib ketgan va puxtagina qurollanib olgan yosh soqchilar – Davronboy bilan Omonboylar tikkama-tikka turib, rosa savol-javob qilishdi. Oyilari nima bo�lganda ham bog�chadan qolmaslik kerak edi, aftilaringga qarab bo�lmaydigan bo�lib ketibdi, o�sha yerda ozodagina yurgan bo�lardilaring, degan gaplarni aytdi.






