На нашем сайте вы можете читать онлайн «Қайлардасан, болалигим». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Легкое чтение, Приключения, Книги о приключениях. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Қайлардасан, болалигим

Автор
Дата выхода
03 ноября 2023
Краткое содержание книги Қайлардасан, болалигим, аннотация автора и описание
Прежде чем читать книгу целиком, ознакомьтесь с предисловием, аннотацией, описанием или кратким содержанием к произведению Қайлардасан, болалигим. Предисловие указано в том виде, в котором его написал автор (Худойберди Тухтабоев) в своем труде. Если нужная информация отсутствует, оставьте комментарий, и мы постараемся найти её для вас. Обратите внимание: Читатели могут делиться своими отзывами и обсуждениями, что поможет вам глубже понять книгу. Не забудьте и вы оставить свое впечатие о книге в комментариях внизу страницы.
Хudoyberdi To'хtaboyevning o'quvchilarimizga navbatda havola etilayotgan kitobini biz umumiy nom bilan «Qaylardasan, bolaligim» deya nomladik. Yangi tuhfaga yozuvchining siz sevgan, shu vaqtga qadar qo'ldan qo'ymay o'qib kelayotgan qissa va hikoyalari, shu jumladan, ertaklar jamlangan. Taqdim etilayotgan har bir asar Хudoyberdi To'хtaboyevning bolalik yillari, bolalik orzulari, bolalik sevinchlari, bolalik sog'inchlari haqida so'zlaydi. Bir paytlar siz kabi bola qalbi bilan dunyoga sig'magan, orzularini qahramonlari timsolida gavdalantirgan va o'z o'quvchisini hayratlar ummoniga g'arq qilgan adibni bu gal bolaligini, tug'ilgan qishlog'ini sog'ingan, yuraklari gup-gup urib, o'sha manzil tomon talpintirgan tengdoshingiz siymosida ko'rasiz.Kitobdan o'rin olgan har bir asar qalbingizda shunday iliqlik va yorug'lik paydo qiladi!
Қайлардасан, болалигим читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Қайлардасан, болалигим без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
– Eshitadi, yur, jon uka, polvon ukam…
Aka-uka ketma-ket emaklashib, quvurning kabinaga qadalgan tomoniga qarab ketishdi. Quvurning bu tomoni haddan tashqari qorong�i bo�lgani uchun yana ham vahimaliroq tuyula boshladi. Omonboy hecham yurmayman, deb yotib olgan edi, shu paytda negadir ukasiga mehribon bo�lib qolgan Davronboy:
– Ke, meni ot qilib minib, bo�ynimdan mahkam quchoqlab ol, – deb uni mindirib oldi. Keyin ko�zlarini chirt yumib, kabina tomonga «to�rt oyoqlab» yurib ketdi.
– Amaki!!! – deb qichqira boshlashdi.
Javob qaytmadi.
– Amaki!!!
Yana javob qaytmadi.
Bordi-yu, kabinada amaki yo�q bo�lsa-chi? Bitta-yarimtasi mashinani yurgizib yuborgan bo�lsa-chi? Ulkan mashina noma’lum tomonga olib qochib ketayotgan bo�lsa-ya!
– Akajon, meni mahkamroq quchoqlang, – negadir sizlab gapira boshladi Omonboy.
– Bu yerda bo�rilar bo�lmaydi.
– Bo�rilar kelsa, otib tashlaymiz, xo�pmi?
– Xo�p.
– Tankimiz bilan bostirib ketamiz, xo�pmi?
– Xo�p.
– Aka, keling, amakini yana chaqiraylik. Tomoqlari qirilib, bo�yin tomirlari tortilib qolguncha chaqirishdi, baribir amakidan javob bo�lmadi. Umidsizlik, vahima yana ham kuchayib ketdi. Ikkovlari bir-birining pinjiga kirib, bir-birlarini achomlab, sovqotgan badanlarini bir-birlarining harorati bilan ilitib borishardi.
– Amakiga endi hecham tuxum bermaymiz, – dedi xo�rligi oshib Omonboy.
– Chelagida suv ham bermaymiz, – qo�shib qo�ydi Davronboy.
Shunday qilib, novcha amakini bir yo�la hamma narsadan mahrum qilishga qaror qilishdi. Omonboy akasini ot qilib minib bo�ynidan achomladi. Davronboy «to�rt oyoqlab» borib, dadalarining eski to�nini quvurning o�rtarog�iga surib keldi.
– Aka, biz hech narsadan qo�rqayotganimiz yo�g�-a? – uyqusirab so�radi Omonboy.
– Biz hecham qo�rqmaymiz, – javob qaytardi Davronboy.






