На нашем сайте вы можете читать онлайн «Қайлардасан, болалигим». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Легкое чтение, Приключения, Книги о приключениях. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Қайлардасан, болалигим

Автор
Дата выхода
03 ноября 2023
Краткое содержание книги Қайлардасан, болалигим, аннотация автора и описание
Прежде чем читать книгу целиком, ознакомьтесь с предисловием, аннотацией, описанием или кратким содержанием к произведению Қайлардасан, болалигим. Предисловие указано в том виде, в котором его написал автор (Худойберди Тухтабоев) в своем труде. Если нужная информация отсутствует, оставьте комментарий, и мы постараемся найти её для вас. Обратите внимание: Читатели могут делиться своими отзывами и обсуждениями, что поможет вам глубже понять книгу. Не забудьте и вы оставить свое впечатие о книге в комментариях внизу страницы.
Хudoyberdi To'хtaboyevning o'quvchilarimizga navbatda havola etilayotgan kitobini biz umumiy nom bilan «Qaylardasan, bolaligim» deya nomladik. Yangi tuhfaga yozuvchining siz sevgan, shu vaqtga qadar qo'ldan qo'ymay o'qib kelayotgan qissa va hikoyalari, shu jumladan, ertaklar jamlangan. Taqdim etilayotgan har bir asar Хudoyberdi To'хtaboyevning bolalik yillari, bolalik orzulari, bolalik sevinchlari, bolalik sog'inchlari haqida so'zlaydi. Bir paytlar siz kabi bola qalbi bilan dunyoga sig'magan, orzularini qahramonlari timsolida gavdalantirgan va o'z o'quvchisini hayratlar ummoniga g'arq qilgan adibni bu gal bolaligini, tug'ilgan qishlog'ini sog'ingan, yuraklari gup-gup urib, o'sha manzil tomon talpintirgan tengdoshingiz siymosida ko'rasiz.Kitobdan o'rin olgan har bir asar qalbingizda shunday iliqlik va yorug'lik paydo qiladi!
Қайлардасан, болалигим читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Қайлардасан, болалигим без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
Akasi shundoqqina yonginasida yotganini ko�rib:
– Akajon, men qo�rqib ketyapman, – deya uni turtkilay boshladi.
Akasi ham javob qaytarmadi. Omonboy qorong�ida paypaslanib, bir amallab Davronboyning quloqlarini topib, bor kuchi bilan cho�zg�ilay boshladi. Davronboy xuddi shu paytda tush ko�rib yotgandi, tushida Mahmudning tumshug�igacha jun bosib ketgan kuchugi uni zirillatib quvib yurgandi. Bir tomondan qo�rquv, bir tomondan qulog�ining og�rishi, ikkovi bir bo�lib Davronboyni uyg�otib yubordi.
Uyqusirab:
– Tentak, nega qulog�imdan tortasan! – deb ukasining chakkasiga bir tushirdi. Tushirdi-yu, to�satdan quvur ichida yotganlari, bu quvurga ukasini o�zi aldab olib kelgani esiga tushib: «Kechir, bilmay qoldim», – deb yig�lab turgan Omonboyni bag�riga bosib oldi.
– Yo�qol! – itarib tashladi ukasi. – O�zim qo�rqib ketyapman-u, tag�in uradi-ya!
– Ukajon, ke, senam meni bir urib ola qol. Mana lunjimni shishirib turaman, yumshoqqina, maza qilasan!
– Kerakmas!
– Jon uka, yig�lamagin.
– Yig�lamay desam ham yig�lagim kelyapti… Uyimizga kirib ketaman.
– Voy tentak, mashina yurib ketyapti-ku!
– Oyijon!!!
– Yig�lama, men ham yig�lab yuboraman, – shunday deb Davronboy ukasini bag�riga bosib, o�ziga tortdi.
Boshini, yuzlarini do�mboq qo�lchalari bilan yumshoq-yumshoq silab yupata boshladi.
Mashina g�uvillab ketib boryapti.
Quvurning ichidan har xil vahimali ovozlar eshitildi.
– Uka, biz botirmiz-a, hech narsadan qo�rqmaymiz-a? – Omonboyga dalda bera boshladi akasi.
– Baribir men qo�rqaveraman, – vahima ichida shivirladi ukasi, – oyimni sog�inib ketyapman… Mashinani to�xtat, tushaman…
Mashinani to�xtatish zarurligini Davronboy ham tushunib turibdi-ya, lekin qanday to�xtatishini bilmay boshi garang.
– Uka, – sekin shivirladi Davronboy, – yur, emaklab borib amakini chaqiramiz.
– Baribir eshitmaydi.






