На нашем сайте вы можете читать онлайн «Беш болали йигитча». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Легкое чтение, Приключения, Книги о приключениях. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Беш болали йигитча

Автор
Дата выхода
03 ноября 2023
Беш болали йигитча читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Беш болали йигитча без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
Quyqa tashlab, ariqlarni ko�mib yuboradi, bahorda kovlashmasa, yozda katta suv haydab bo�lmaydi.
Anhorga tezgina yetib bordim. Tabelchilar har bir kishining chekini alohida-alohida qilib o�lchab beribdi. Ketmonchilar katta anhor ichiga tushib olib, yuqoriga qum, shag�al otishyapti, otamning oldiga tabelchi Murodxon aka boshlab bordi. U chaqiriq qog�ozi kelganini eshitib, baribir Polvon tog�ani urushga olishmaydi, u hozir to�rt-besh norma ishlayapti, otangdakadan yana uch-to�rt kishi ketib qolsa, kolxozning ishi yotib qoladi, deb qo�ydi.
– Polvon tog�a, sizga eshak mingan xabarchi kelibdi, – deb qo�ydi.
Otam ketmon urishdan to�xtab, sopiga ko�ksini qo�yib, bizga qaradi. Menga ko�zi tushgach, nazarimda kulimsirab qo�ygandek bo�ldi. Peshanasi terlab ketibdi, chuqur-chuqur nafas olyapti, to�nining etagini qayirib, beliga qistirib olgan. Negadir bir yengini chiqarib, bilagini ham yalang�ochlab olibdi.
– Orifjonmisan? – dedi nihoyat dadam.
– Menman, ota.
– Polvon tog�a, bu yoqqa chiqavering, – gapga aralashdi tabelchi, – muhim bir gap chiqib qoldi.
Otam, chekimdan ozginasi qoldi, bir yo�la tugatib chiqaman deb ko�nmadi…
Anhordan chiqqach, men olib borgan xabarni eshitib: «Qara-ya, Murodxon, shu bugun tushimda ham ayon bo�luvdi, oq ot minib kun botar tomonga qarab ketayotgan emishman», – deb qo�ydi. So�ngra boshqa hech narsa demay, goh burnini, goh chakkasini qashlab kulimsiragancha uzoq jim turib qoldi.
«BIR KO�ZLI YOVNING BOSHI UZILSIN»
Kolxozimizning ona-bola raisi otamni urushga jo�natmaslik uchun ko�p harakat qildi, voyenkomatga ham borib keldi. Mirzapolvonning bir o�zi bitta traktorning ishini qilyapti, u ketib qolsa kolxozdagi ishlarni kim qiladi, degan gaplarni ham aytibdi, ko�nishmabdi. Hozir urushga shunaqangi pahlavon yigitlar kerak deyishibdi.






