На нашем сайте вы можете читать онлайн «Беш болали йигитча». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Легкое чтение, Приключения, Книги о приключениях. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Беш болали йигитча

Автор
Дата выхода
03 ноября 2023
Беш болали йигитча читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Беш болали йигитча без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
Mashina yurib ketgach, anchagacha ortidan tikilib turdi. Xuddi shu paytda negadir chaqaloq ham jim bo�lib qoldi.
– Bari bir to�g�ri haydashni uddalay olmayapti, – dedi opam xuddi uh tortgandek qilib. Men opajonimga tikilib qoldim, juda uzoq tikildim. Shu turishida u ayol kishiga hecham o�xshamaydi, oyog�ida juda, juda ham og�ir kerza etik erkaklarning paxtali shimi, egnida serpaxta fufayka, boshida quloqchin, yuzlari kir, qo�llari moy… Eh-eh, tezroq katta bo�la qolsaydim, trakorni o�zim boshqarib, opamni hecham ishlatmagan bo�lardim.
Opam marzaga, qalin tuproq ustiga o�tirib, huzur qilib esnadi-da, Omonni tizzasiga oldi. Cho�ntagidan suvi qochib, uqalanib ketay-uqalanib ketay deb turgan zog�ora non olib, unga uzatdi. Keyin, «bugun vaqtliroq kelibsanmi, o�g�lim», deb menga yuzlandi.
– O�zim… – dedim-u, u yog�ini aytolmay chaynalib qoldim.
– Sholini tuydingmi?
– Tuydim.
– Qatiq uvitdingmi?
– Uvitib qo�ydim.
– Makkani nima qilding?
– Tomga yoyib, yarmini uqaladim.
– Ajoyib o�g�lim bor-da, kel, peshanangdan bir o�pib qo�yay, barakalla! Yaxshiyamki, esim yo�qligida seni tug�ib olgan ekanman…
Shu paytda negadir juda, juda ham g�alati bo�lib ketdim. Tomog�imga iliq bir narsa tiqilgandek butun vujudim bo�shashib ketgandek bo�ldi, yig�lab yubordim.
– Ie, tentak, nega yig�laysan?.
– Ona!
– Nima gap o�zi?
– Xafa bo�lmaysizmi?
– Nega xafa bo�lar ekanman!
– Yig�lamayman, deb so�z bering!
– Avval ayt-chi!
– Yo�q, avval so�z bering.
– Ha, aka so�z berdim.
– Otamni… – dedim-u, yana yig�lab yubordim, – urushga olib ketar ekan.
Yo�q, opam xafa bo�lmadi, bir qalqidi-yu, jim bo�lib qoldi, chaqiruv qog�ozini hijjalay-hijjalay o�qib chiqdida, bir so�z demay menga qaytarib berdi. So�ngra shu paytda huzur qilib non chaynayotgan Omonning kir boshiga yuzim bosib, o�y surib ketdi.
Otamning oldiga, qirga jo�naydigan bo�ldim, hali erta, kech kirguncha bemalol borib kelsam bo�ladi. Ochig�i, otam ishlayotgan joy bu yerdan uncha uzoq ham emas. Uchta qishloqning odami uchta qishloqqa suv beradigan anhorni kovlashyapti. Anhor suvi yozda loyqa, bo�tana bo�lib qoladi.






