На нашем сайте вы можете читать онлайн «Беш болали йигитча». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Легкое чтение, Приключения, Книги о приключениях. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Беш болали йигитча

Автор
Дата выхода
03 ноября 2023
Беш болали йигитча читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Беш болали йигитча без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
Kuni kecha kelida tuyib, suyuq osh qilamiz deb bir tovoq makkani oftobga yoyib ketgan edim, xomligicha yeb qo�yibdi… Endi nima qildim-a? Nima qilsam ukamni yo�lga solib olar ekanmiz?
TEPALIK UCHUN BO�LGAN MUSHTLASHUV
Katta tanaffusdan so�ng qizlarga javob berib yuborildi. Nega desangiz, ular harbiy ishga butunlay yaroqsiz deb topilgan. Bir marta «hujum» darsida qatnashib birbirlarining betini timdalab, sochlarini yulib olishgan, hatto uylariga qaytib borgandan keyin ham tinchishmay, bir-birlarini rosa yumdalashibdi.
Birinchi sinfdan to yettinchi sinfgacha bo�lgan jamiki o�g�il bolalar oltinchi «A»ning xonasiga to�plandi. Sinf xonasi xuddi uzumga qora yaloq tushgandek shovqinsuron bo�lib ketayotuvdi, xayriyat, ostonada yog�och oyoqlarini qo�qon aravaning gupchagidek g�ichirlatib Roziq tog�am ko�rinib qoldi:
– Bu nima to�polon! – dedi u qo�ltiqtayogi bilan ostonani urib.
Sinf suv quygandek jimib qoldi. Roziq tog�am muallimlar stuliga o�tirib, sinfga ko�z yugurtirib chiqdi, qo�ltig�idan buklangan daftar olib oldingi partada, menga biron ish buyurib qolmasmikan, deb umidvor bo�lib ko�zini lo�q qilib o�tirgan Hamroqulga uzatdi:
– Ma, bor bolalarning familiyasini yozib qo�y.
– O�tgan jangda halok bo�lganlar ham yoziladimi? – so�radi Hamroqul.
– Yoziladi.
– Bedarak yo�qolganlar-chi? – savol berdi orqada o�tirganlardan biri.
– Ahmoq! – dedi Roziq tog�am ovoz chiqqan tomonga qarab.
– Domla, ahmoqlar qaysi ro�yxatga yoziladi? – deb so�radi boshqa burchakda o�tirganlardan biri. Sinfda yengilgina kulgi ko�tarildi, Roziq tog�am ham kulib qo�ydi. Kula-kula sekin o�rnidan turayotgan edi, sinf yana jim bo�ldi. Nega desangiz, Roziq tog�am kulib-kulib odamning jonini oladi. Qulog�ingdan cho�zib, bo�yi barobar ko�taradi-da, to dodlab yubormaguningcha ushlab turaveradi.
– O�tgan darsda nimani o�tuvdik? – deb so�radi.
– Nasriddin afandining sarguzashtlarini, – javob qaytardi bir bola.
– Til ushlab kelishni.
– Akromning og�ziga latta tiqishni!
– Toshtemirning boshiga mushtlashni… – deya har tomondan chuvillab qolishdi bolalar.






