На нашем сайте вы можете читать онлайн «Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Детские книги, Книги для детей. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари

Автор
Жанр
Дата выхода
03 ноября 2023
Краткое содержание книги Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари, аннотация автора и описание
Прежде чем читать книгу целиком, ознакомьтесь с предисловием, аннотацией, описанием или кратким содержанием к произведению Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари. Предисловие указано в том виде, в котором его написал автор (Чарльз Диккенс) в своем труде. Если нужная информация отсутствует, оставьте комментарий, и мы постараемся найти её для вас. Обратите внимание: Читатели могут делиться своими отзывами и обсуждениями, что поможет вам глубже понять книгу. Не забудьте и вы оставить свое впечатие о книге в комментариях внизу страницы.
Описание книги
Angliyaning ovloq shaharlaridan biridagi «Mehnat uyi» – «G'aribxona». Taqdir taqozosi bilan bu yerga kelib qolgan yosh va ko'hlikkina juvonning shu mudhish dargohda ko'zi yoridi. Bola dunyoga keldi-yu, ona esa olamdan o'tdi. Sho'rpeshona go'dak muhtojlik va qiynoqlar ostida o'n yoshga to'ldi. Uni tobutsozga shogirdlikka berdilar. Bola bu yerdagi azob-uqubatlar, haqoratlarga dosh berolmay, boshi oqqan tomonga qarab qochdi. Mana katta London yo'li. Tuguncha ko'targan, ust-boshi yupun, boshida homiysi, bisotida sariq chaqasi yo'q so'qqabosh, qiltiriq bolakay ketib boryapti… Aziz kitobxon, keling, kitobni birgalikda o'qib ko'raylik-chi, bolakay qaylarga oshiqyapti-yu, uni oldinda ne savdolar kutyaptiykin?
Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Оливер Твистнинг бошидан кечирганлари без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
E xudoyim-a, xudoyim-a! Bu baxti qaro kitob hanuzgacha qo�limda ekan-ku! Tezroq chiqa qoling! Bechora bolakay! Biron daqiqani behuda ketkazib bo�lmaydi.
Kitobfurush usti yopiq izvoshga chiqdi va ular yo�lga tushishdi.
O�N IKKINCHI BOB
OLIVERGA UMRI BINO BO�LGANIDAN BERI KO�RMAGAN G�AMXO�RLIKNI KO�RSATGANLARI HAQIDA VA YANA QUVNOQ KEKSA JENTLMEN BILAN UNING YOSH DO�STLARI TO�G�RISIDA HIKOYA QILADI
Izvosh deyarli Oliver Tullak hamrohligida ilk marta Londonga kirib kelgan o�sha yo�ldan taraqaturuqlab borib, Izlingtondagi «Farishta»ga yetgach, boshqa tomonga burildi va nihoyat, Pentonvil yaqinida, serdaraxt osuda ko�chadagi ozodagina uy oldida to�xtadi.
Biroq Oliver do�stlarining mehribonchiliklarini talay kunlargacha sezmay-payqamay yotdi. Quyosh chiqaverdi, yana botaverdi, bu talay marta davom etdi; bola esa hamon ilgarigidek tanni qaqshatadigan isitma xurujida o�rinda to�lg�anib yotaverdi. Qurt-qumursqa murda tanasida o�z yumushini bu tirik vujud bo�ylab imillab o�rmalayotgan haroratchalik ishonch-la ado etolmaydi.
Joni qiltillab, eti ustuxoniga yopishib ketgan va rangida rang qolmagan bolakay bamisoli yilday uzoq davom etgan behalovat uyqudan uyg�onganday bo�ldi.
– Bu qanaqa xona? Meni qayerga olib kelishdi? – so�radi Oliver. – Men bu yerda sirayam uxlamagandim.
U nihoyatda holdan toygan va zaiflashgandi, shu bois bu so�zlarni shivirlabgina aytdi-yu, lekin shu zahotiyoq uni eshitishdi. Darrov karavotning bosh tomonidagi parda surildi va shundoqqina karavotga taqab qo�yilgan yumshoq kursida chevarlik qilib o�tirgan ozoda hamda odmigina kiyingan mehribon keksa xonim o�rnidan turdi.
– Jim, bo�talog�im, – dedi keksa xonim mehribonlik bilan. – Tinch, qimir etmay yotishing kerak, bo�lmasa tag�in mazang qochib qoladi. Ahvoling judayam chatoq edi, shundoq chatoq ediki, bundan battari bo�lmaydi.











