На нашем сайте вы можете читать онлайн «Беш болали йигитча». Эта электронная книга доступна бесплатно и представляет собой целую полную версию без сокращений. Кроме того, доступна возможность слушать аудиокнигу, скачать её через торрент в формате fb2 или ознакомиться с кратким содержанием. Жанр книги — Легкое чтение, Приключения, Книги о приключениях. Кроме того, ниже доступно описание произведения, предисловие и отзывы читателей. Регулярные обновления библиотеки и улучшения функционала делают наше сообщество идеальным местом для любителей книг.
Беш болали йигитча

Автор
Дата выхода
03 ноября 2023
Беш болали йигитча читать онлайн полную книгу - весь текст целиком бесплатно
Перед вами текст книги, разбитый на страницы для удобства чтения. Благодаря системе сохранения последней прочитанной страницы, вы можете бесплатно читать онлайн книгу Беш болали йигитча без необходимости искать место, на котором остановились. А еще, у нас можно настроить шрифт и фон для комфортного чтения. Наслаждайтесь любимыми книгами в любое время и в любом месте.
Текст книги
O�ng qatordagilar mudofaada turadigan, chap qatordagilar hujum qiladigan bo�ldi, mudofaada turganlarga Hayitkalla, hujum qiluvchilarga, tasodifni qarangki, meni komandir qilib tayinlashdi. Qurollar teppa-teng taqsimlandi.
– Maktabning orqasiga qarab yuring! – buyruq berdi maktab qo�shinlarining qo�mondoni.
Chinakam askarlarga o�xshab tap-tup qadam tashlab yurib ketdik.
– Bir-ikki-uch! – deb qo�yadi bosh qo�mondon oyoq tashlashimizga moslab.
– Birlikdadir kuch! – deydi askarlardan biri.
– Qanot boylab uch! – deydi ikkinchisi.
– Xayollaring puch! – masxara qiladi uchinchisi.
Yog�och oyoqlarini g�ichirlatib xuddi oyog�i bog�langan qushdek hakkalab-hakkalab kelayotgan bosh qo�mondon:
– Kim u gapirgan? – deydi-achchig�i chiqib.
– O�zingiz gapirdingiz! – deydi Mahmudxon.
– Mahmudxon ham gapirganday bo�ldi! – gapga qo�shiladi Akrom.
Maktabimizdan uch yuz metr narida uncha baland bo�lmagan bir tepalik bor.
– Himoyada turganlar ham, hujum qilayotganlar ham shu tepalik ona Vatanimizning bir parchasi, uni dushmanga bermayman deb jang qilishi kerak! Tushunarlimi? – deb so�radi oxirida.
– Tushunarli, – javob qaytardi askarlar.
– Menda savol bor? – qo�l ko�tardi Akrom, – Ayt-chi.
– Kim yaxshi jang qilsa o�shanga ikki norma kartoshka beriladimi?
– Xuddi shunday.
– Oramizdan qo�rqoq yoki xoinlar chiqib qolsa-chi?
– Bir xafta davomida kartoshka berilmaydi, tushuntirdi maktab qo�shinlarining qo�mondoni.
O�z o�rnimizni egalladik. Dushman qo�shinlari tepalik atrofidagi okoplarga joylashib olishdi, granatalar shay, pulemyotlar o�rnatilgan… Men ham o�z askarlarim bilan hujum chizig�iga saf tortdim.
Raketa – tosh tugilgan oq latta osmonga otildi, xuddi shu paytda qoidaga ko�ra biz pulemyotlardan o�t ochishimiz kerak ammo mening yonginamda yotgan Usmon o�rnidan turib, «Ur-re» deb qichqirganicha dushman pozitsiyasiga qarab yugurib ketdi, o�sha tomondan «paq-puq» degan miltiq ovozlari eshitildi.






